date

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida safarda “Sanfrecce Xirosima”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bellashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi.

Ushbu mag‘lubiyat Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi omadsizlik bo‘ldi. 4 ochko jamg‘argan “Shanxay Shenxua” turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda, 11 ochkoga ega “Xirosima” esa 3-pog‘onaga joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi