Xaykin Manchestr Siti ustidan g'alabani tarixiy deb atadi

Norvegiyaning “Budo-Glimt” klubi darvozaboni Nikita Xaykin Chempionlar ligasida “Manchester Siti” ustidan qo‘lga kiritilgan yirik g‘alaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvida norveglar 3:1 hisobida zafar quchdi.
“O‘yin tugaganidan keyin ham biz, ehtimol, XXI asr futbol industriyasidagi eng kuchli tizimlardan birini yengganimizni darrov anglab yetmadik. Bu g‘alaba nafaqat biz uchun, balki butun norveglar va Norvegiya sporti uchun tarixga kirdi”, — dedi Xaykin VideoSports dasturida.
Darvozabonning qo‘shimcha qilishicha, “Manchester Siti” ustidan olingan bu natija uning faoliyatidagi eng muhim g‘alabalardan biri hisoblanadi.
Hozirda “Budo-Glimt” Chempionlar ligasi jadvalida 6 ochko bilan 28-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!