date

Igor Diveyev Podolski va O'zil tushgan suratni ulashdi

Igor Diveyev Podolski va O'zil tushgan suratni ulashdi

«Zenit» va Rossiya terma jamoasi himoyachisi Igor Diveyev ijtimoiy tarmoqlarda yillar avval olingan suratni e’lon qildi. Kadrda 10 yoshli Diveyev Germaniya terma jamoasi futbolchilari bilan birga aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Suratda Lukas Podolski, Bastian Shvaynshtayger hamda Mesut O'zilni ko‘rish mumkin. Foto 2010 yilgi jahon chempionati saralashi doirasidagi Rossiya — Germaniya uchrashuvi oldidan olingan.

Diveyev o‘sha paytda maydonga futbolchilar bilan birga chiqqanini eslab, bu uning terma bilan ilk bor maydonga chiqishi bo‘lganini yozdi: «Terma jamoamiz bilan maydonga ilk chiqishim! Faqat Podolski, Shvaynshtayger va O'zil bilan birga», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 2009 yil oktabrida Moskvadagi «Lujniki» stadionida o‘tgan o‘yinda Rossiya Germaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan, yagona gol muallifi Miroslav Kloze bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Igor Diveyev Podolski va O'zil tushgan suratni ulashdi