date

Gleb Gancherenko Belarusni Yevropaga olib chiqishi qiyin dedi

Gleb Gancherenko Belarusni Yevropaga olib chiqishi qiyin dedi

«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Belarus milliy jamoasining Viktor Gancherenko qo‘l ostidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glebning aytishicha, murabbiy uchun Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqish oson bo‘lmaydi. U terma jamoada ishlash bilan klubdagi ish butunlay boshqa-boshqa ekani, endi Gancherenko yangi vazifaga qay darajada moslasha olishini vaqt ko‘rsatishini ta’kidladi. Bu haqda u «RB Sport»ga bergan izohida ma’lum qildi.

Shu bilan birga, sobiq futbolchi qanday holat bo‘lishidan qat’i nazar, jamoa va murabbiyga muxlislik qilishini aytdi. Gleb Gancherenko bilan Belarus terma jamoasi oldinga qadam tashlashiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, belaruslar AQSh, Kanada va Meksikada yozda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatiga yo‘llanma ololmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gleb Gancherenko Belarusni Yevropaga olib chiqishi qiyin dedi