date

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turida ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda Yaponiyaning «Sanfrecce Xirosima» jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi — himoyachi Hayato Araki «Xirosima»ga g'alaba keltirgan zarbani yo'lladi. Bu mag'lubiyat «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi yutqazish bo'ldi.

Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda kuchli uchlikdan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi