date

Spalletti Yuventus hujumchisi Yildizni inoplanetayinga qiyosladi

Spalletti Yuventus hujumchisi Yildizni inoplanetayinga qiyosladi

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti yana bir bor hujumchi Kenan Yildizning o'yiniga qoyil qolganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

20 yoshli futbolchi A Seriyaning 22-turida "Napoli" ustidan 3:0 hisobidagi yirik g'alabada muhim rol o'ynadi va uchrashuvda gol urdi.

Spalletti DAZN bilan suhbatda Yildizni noodatiy iste'dod egasi sifatida ta'rifladi: "Yildiz — oddiy futbolchi emas, u go'yo inoplanetayin. Ba'zan ataylab nimanidir noto'g'ri qiladi — shunchaki o'zini oddiy odamdek ko'rsatish uchun", dedi u.

Turkiyalik yosh yulduz joriy mavsum Italiya chempionatida 21 o'yinda 8 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

Hozirda "Yuventus" turnir jadvalida 42 ochko bilan beshinchi, "Napoli" esa 43 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti Yuventus hujumchisi Yildizni inoplanetayinga qiyosladi