date

Kenan Yildiz Ronaldu va Del Pyeroning natijasini takrorladi

Kenan Yildiz Ronaldu va Del Pyeroning natijasini takrorladi

Kenan Yildiz A Seriyasida «Yuventus»ning «Napoli»ga qarshi o‘yinida gol urgan futbolchilardan biri bo‘ldi. Biroq bahs 0:3 hisobida Luciano Spaletti jamoasining yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli turk hujumchi uch ochko tizimi joriy etilgan davrda «Napoli»ga qarshi bir mavsum ichidagi har ikki uchrashuvda ham «Yuventus» safida gol urgan atigi beshinchi futbolchiga aylandi. Bungacha buni Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro del Pyero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabrichio Ravanelli (1994/95) amalga oshirgan.

Joriy mavsumda Yildizning Italiya chempionatidagi hisobida 8 ta gol bor, shuningdek u jamoadoshlariga 4 bor gol uzatmasi ham berishga ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kenan Yildiz Ronaldu va Del Pyeroning natijasini takrorladi