David Trezege River Pleyt rahbariyatiga qaytdi va ish boshlaydi

Turinning “Yuventus” klubi hamda Fransiya terma jamoasida to‘p surgan David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida o‘ynagan, hatto klub bilan birga Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu safar Trezege “River Pleyt”ga futbolchi sifatida emas, balki rahbariyat tarkibiga qo‘shilish uchun kelmoqda. Klub uni rasmiy tarzda tanishtirish marosimini o‘tkazdi, unda boshqaruv jamoasi ham to‘liq ishtirok etdi.
Trezening klubdagi aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi. Shunga qaramay, taqdimotda u strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qilishi aytildi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz hujumchi 2015 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!