Marselo Brozovich mavsum oxirida Al-Nasrni tark etadi

Yarim himoyachi Marselo Brozovich “Al-Nasr” safini tark etishga yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabic xabariga ko‘ra, Saudiya klubi 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Xorvatiyalik futbolchi esa kelishuv borasida siljish bo‘lmagani sabab norozi bo‘lgan va agentiga Yevropadan yangi variantlarni izlashni topshirgan.
Brozovich 2023 yilda “Inter”dan 15 million yevro evaziga “Al-Nasr”ga o‘tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi va 4 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing