Jikiya agenti Antalyaspor himoyachisining kelajagi haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya bilan ishlaydigan agent Vladimir Kuzmichyov futbolchining klubdagi istiqboli borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiyaning holati yaxshi va jamoa unga tayanmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmaganiga sabab — mikrojarohat bo‘lgan. Hozir esa futbolchi to‘liq tiklangan va keyingi o‘yinda maydonga qaytishi kutilmoqda.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya bu mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing