Genich 7-turdan keyin ikki klubni alohida ta'kidladi

Mashhur sharhlovchi Konstantin Genich UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi navbatdagi turdan so'ng norvegiyalik «Bude-Glimt»ning o'yiniga yuqori baho berdi. So'nggi uchrashuvda skandinavlar kutilmaganda «Manchester Siti»ni 3:1 hisobida mag'lub etib, turnirning eng shov-shuvli natijalaridan birini qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genichning fikricha, 7-turdagi asosiy sensatsiya aynan «Bude-Glimt» bo'ldi. U, shuningdek, «Arsenal»ning chiqishini ham alohida e'tirof etib, londonliklar «Inter»ga qarshi bahsda juda ochiq va dadil futbol namoyish qilganini, bunday uslubni kutmaganini ta'kidladi. Bu fikrlar «Komment.Shоу» YouTube kanali orqali keltirildi.
Yetti tur yakuniga ko'ra «Arsenal» 21 ochko jamg'arib, Chempionlar ligasi umumiy raundi jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. «Bude-Glimt» esa 6 ochko bilan 28-o'rinda joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!