Tochilin Zakaryan Yevropada qolishi kerakligini ta’kidladi

Avvalroq “Dinamo” safida o‘ynagan Aleksandr Tochilin Arsen Zakaryanning “Real Sosyedad”dagi hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispaniya OAVda yangi bosh murabbiy basklar klubida yarim himoyachini jamoa rejasiga kiritmayotgani va bu haqda futbolchining o‘ziga ham ma’lum qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, La Ligadagi bir nechta jamoa Zakaryanni ijara asosida olishga qiziqayotgani aytildi.
“Zakaryan uchun eng to‘g‘risi — Yevropada qolish. U yosh rossiyalik futbolchi sifatida aynan Yevropa futbolida o‘sib, rivojlanishi kerak. Barqaror o‘yin ko‘rsatishi uchun jarohatlar undan yiroq bo‘lgani muhim”, — deya Tochilinning so‘zlarini keltiradi “RB Sport”.
22 yoshli futbolchi 2023 yilda “Real Sosyedad” safiga qo‘shilgan. Shu vaqt ichida u 60 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!