David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresdagi “River Pleyt” safida to‘p surib, hatto mamlakat futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege klubga boshqa maqomda — “River Pleyt”ning rahbariyat tarkibiga qo‘shilish uchun qaytmoqda. Uning klubdagi aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi, biroq jamoa uni to‘liq boshqaruv ishtirokida rasman tanishtirdi.
Taqdimot chog‘ida fransuz mutaxassis klubning strategik masalalari bilan shug‘ullanishi, shuningdek, “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillashi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, David Trezege futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!