Endrik Liga 1da asr boshidan beri eng yosh to'rtinchi het-trikchi bo'ldi

Madridning «Real» klubidan «Lion»ga ijara asosida kelgan hujumchi Endrik «Mets»ga qarshi o'yinda (5:2) uch gol urib, het-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi 11 va 45-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi, 87-daqiqada esa penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni rasmiylashtirdi. Madrid Zone xabariga ko'ra, 19 yosh 188 kunlik Endrik 21-asr boshidan buyon fransuz Liga 1 tarixida het-trik urgan eng yosh futbolchilar ro'yxatida to'rtinchi o'ringa chiqdi. Undan oldinda Jeremi Menez (17 yosh 260 kun), Kilian Mbappe (18 yosh 53 kun) va Usman Dembele (18 yosh 296 kun) bor.
Yanvar boshida «Real»dan kelganidan beri Endrik «Lion» safida uch uchrashuvda 4 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing