Fransuz jurnalist Safonovga PSJda yana imkon berishni taklif qildi

L’Equipe nashri jurnalisti Jan-Filip Lekler PSJdagi rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Safonov ayni paytda jamoada ko‘proq ikkinchi raqam sifatida ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, maydonda o‘zini ko‘rsatish uchun yana bir imkon olishi kerak. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Lekler Safonov jarohatga qadar ishonchli o‘yin namoyish etganini, undan keyin esa Shevale darvozadagi chiqishlari bilan ishonch uyg‘otmayotgani, hattoki jiddiy xavotirlar ham tug‘dirayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Shevaleni tarkibda ko‘rishni aynan Luis Enrike istaganini ham eslatib o‘tdi.
Jurnalistning fikricha, agar PSJda Shevale zaxira darvozabonga aylanib qolsa, bu Enrikeninng o‘z tanlovidan qaytishi va “xiyonat”ga teng qaror bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Matvey Safonov jarohatdan so‘ng PSJ bilan mashg‘ulotlarni qayta boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Luis Enrike jamoasi navbatdagi uchrashuvini 28-yanvar, chorshanba kuni “Nyukasl”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasida o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!