Bavariya Upamekano bo‘yicha javob kutayotganini bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl himoyachi Dayo Upamekanoning kelajagi borasida fikr bildirdi. 27 yoshli fransuz futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Floryan Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan iqtibosga ko‘ra, Eberl klub hozircha o‘yinchidan yakuniy qarorni kutayotganini aytgan: «Biz Upamekanodan javob kutyapmiz».
Avvalroq OAVda «Bavariya» yangi shartnoma bo‘yicha Upamekano uchun taklifini yaxshilamasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Upamekano «Bavariya» safida jami 176 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing