Ronaldu Al-Nasr g‘alabasidan keyin fikr bildirdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining dushanba kungi uchrashuvida “Al-Nasr” “Al-Taavun”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin yakunida Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa xabar qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik hujumchi bu safar gol ura olmadi, biroq jamoaning uch ochko olganidan mamnunligini yashirmadi. “Qadam-baqadam. Maqsadimizga to‘liq e’tibor!” — deb yozdi Ronaldu.
Ushbu g‘alaba “Al-Nasr”ni turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tardi. Peshqadam “Al-Hilol”dan ortda qolish esa besh ochko bo‘lib turibdi.
Tez orada, 5-fevral kuni Ronaldu 41 yoshga to‘ladi. Yulduz forvardning “Al-Nasr” bilan shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing