date

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyuni so'zida turmadi dedi

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyuni so'zida turmadi dedi

"Fenerbahche"ning sobiq futbolchisi Linkoln jamoani 2024–2025 yillarda boshqargan Joze Mourinyu bilan bog'liq noroziligini ochiq bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Linkolnning aytishicha, portugaliyalik mutaxassis unga bergan va'dasini bajarmagan va futbolchiga nisbatan hurmatsizlik qilgan. "U ko'p yutuqlarga erishganini hech kim inkor etmaydi, lekin men uchun hayotda xarakter sovrinlardan muhimroq. Mourinyu meni hayratda qoldirdi", dedi u.

Futbolchi "Xall Siti"ga ijara asosida ketishidan oldin Mourinyu bilan gaplashganini, murabbiy esa uni yozgi yig'inda Portugaliyada ko'rishni istashini aytganini ta'kidladi. Mavsum yakunlangach, u chaqiruv kutgan, biroq Mourinyu bilan bog'lanishga uringanda murabbiy suhbatdan bosh tortib, sport direktoriga murojaat qilishni aytgan.

Linkolnning so'zlariga ko'ra, jamoa Portugaliyada bo'lgan paytda u ham Portugaliyada uyida edi, shunga qaramay, Mourinyu uni Istanbulga qaytarib, alohida mashg'ulot o'tkazishni buyurgan. "Menga nisbatan adolatsiz va hurmatsiz munosabat bo'ldi", dedi futbolchi Fanatik nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, u klubga ko'p o'yinlarda, hatto o'z pozitsiyasida bo'lmaganida ham, maksimal yordam berishga harakat qilganini, og'ir jarohat davrida esa yetarli darajada qo'llab-quvvatlov sezmaganini qo'shib o'tdi.

Hozirda Joze Mourinyu "Benfika"ni boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyuni so'zida turmadi dedi