PSJ darvozaboni Safonov safga qaytganini ma'lum qildi

«PSJ» darvozaboni Matvey Safonov Telegramdagi sahifasida mashg'ulotlardan suratlar ulashdi va eng muhim yangilikni e'lon qildi — u yana safda hamda o'ynashga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Yana ishga qaytdim! Ertangi o'yinga tayyorlanyapmiz», — deb yozdi Safonov.
Rossiyalik golkiper «PSJ» safida anchadan beri maydonga tushmayotgandi. U o'tgan oy Qit'alararo kubok finalida «Flamengo»ga qarshi bahsda qo'lidan jarohat olgan. O'sha finalda Safonov penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytarib, jamoasining qahramoniga aylangandi.
28-yanvar, chorshanba kuni «PSJ» Chempionlar ligasi doirasida uy maydonida «Nyukasl»ni qabul qiladi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing