David Trezeguet Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezeguet yana Argentinaga yo‘l oldi. U avvalroq «River Pleyt» safida ham to‘p surgan va jamoa bilan mamlakatning ikkinchi divizioni chempionligini ham qo‘lga kiritgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu safar Trezeguet maydonga emas, klub boshqaruv tizimiga qo‘shilish uchun Buenos-Ayresga qaytdi. «River Pleyt» uni rahbariyat ishtirokida taqdimot marosimi orqali tanishtirdi.
Fransuz mutaxassisning klubdagi aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi. Shunga qaramay, u strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va «River Pleyt»ni institutsional darajada namoyon etishi aytildi.
Eslatib o‘tamiz, Trezeguet futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing