David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq «River Pleyt» safida to‘p surib, jamoa bilan mamlakatning ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu safar Trezege maydondagi emas, klub boshqaruvidagi ishlar bilan shug‘ullanadi. «River Pleyt» uni rasman tanishtirish marosimini o‘tkazdi, unda klub rahbariyatining barcha a’zolari ishtirok etdi.
Trezening aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi. Shunga qaramay, u strategik masalalar bo‘yicha ishlashi va «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing