Sadio Mane Al-Nasr safida uchrashuvning eng yaxshisi bo'ldi

Al-Nasrning senegallik yulduz vingeri Sadio Mane Saudiya Arabistoni chempionati 18-turida Al-Taavun bilan bo'lib o'tgan bahsda maydonga tushdi. Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi va Mane o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu uchrashuv Mane uchun Afrika kubogi – 2025dagi zafarli yurishdan keyin Al-Nasr tarkibida o'tkazgan ilk o'yin bo'ldi. Turnir finalida Senegal terma jamoasi Marokashni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.
Joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 33 yoshli futbolchi 10 ta uchrashuvda qatnashdi. Mane hisobida 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing