date

O‘zbekistonda eng ko‘p aholi qaysi hududda ekani ochiqlandi

O‘zbekistonda eng ko‘p aholi qaysi hududda ekani ochiqlandi

2026 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 million 382 ming 685 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 684,9 ming kishiga yoki 1,8 foizga oshgan. Tegishli ma’lumotlar Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilindi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, aholisi eng ko‘p bo‘lgan viloyat sifatida Samarqand viloyati yetakchilikni saqlab qoldi. Bu hududda 4 million 396,8 ming nafar aholi istiqomat qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari qayd etilgan.

Aksincha, aholisi eng kam hudud sifatida Sirdaryo viloyati qayd etildi — bu yerda 949,6 ming kishi yashaydi.

Mutaxassislar fikricha, hududlar o‘rtasidagi bunday tafovutga tabiiy o‘sish darajasi, migratsiya jarayonlari hamda iqtisodiy omillar ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yirik va infratuzilmasi rivojlangan hududlarda aholi sonining tezroq oshishi kuzatiladi.

Quyida hududlar bo‘yicha doimiy aholi soni keltiriladi:

  • Samarqand viloyati — 4 396,8 ming kishi;
  • Farg‘ona viloyati — 4 239,4 ming kishi;
  • Qashqadaryo viloyati — 3 731,8 ming kishi
  • Andijon viloyati — 3 533,9 ming kishi;
  • Namangan viloyati — 3 202,7 ming kishi;
  • Toshkent shahri — 3 195,9 ming kishi;
  • Toshkent viloyati — 3 174,6 ming kishi;;
  • Surxondaryo viloyati — 3 024,9 ming kishi;
  • Buxoro viloyati — 2 112,2 ming kishi;
  • Xorazm viloyati — 2 075,0 ming kishi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 057,7 ming kishi;
  • Jizzax viloyati — 1 573,2 ming kishi;
  • Navoiy viloyati — 1 115,0 ming kishi;
  • Sirdaryo viloyati — 949,6 ming kishi.

Umuman olganda, mamlakatda aholi sonining barqaror o‘sib borayotgani kuzatilmoqda. Bu esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda infratuzilmani yanada rivojlantirish zaruratini kuchaytirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda eng ko‘p aholi qaysi hududda ekani ochiqlandi