date

Samarqandda bank xodimi kredit pullarini o‘zlashtirdi

Samarqandda bank xodimi kredit pullarini o‘zlashtirdi

Samarqand viloyatida bank tizimiga oid firibgarlik holati fosh etildi. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilishicha, tijorat banki xodimi mijozning kredit mablag‘ini noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan.

Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruvlarda aniqlanishicha, bank mutaxassisi X.T. 50 mln so‘m kredit olish uchun murojaat qilgan fuqaro J.Sh.ning ishonchiga kirgan. U mijozga go‘yoki 17 mln so‘m kredit ajratilishini aytib, uning nomiga ochilgan plastik kartaga aslida 50 mln so‘m mablag‘ tushirilishini ta’minlagan.

Shundan so‘ng, bank xodimi mijozni chalg‘itib, kredit miqdori 17 mln so‘m ekanini bildirgan va qolgan 33 mln so‘mni naqdlashtirib, o‘z ehtiyojlari yo‘lida sarflagan.

Tekshiruv davomida o‘zlashtirilgan 33 mln so‘m mablag‘ qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Shunga qaramay, mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar fuqarolarni moliyaviy operatsiyalar jarayonida hushyor bo‘lishga chaqirib, bank xizmatlaridan foydalanishda rasmiy ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirish zarurligini eslatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda bank xodimi kredit pullarini o‘zlashtirdi