NASA astronavti Rossiyaning "Soyuz" kemasida XKSga uchadi

1 daqiqa o'qish211
NASA astronavti Rossiyaning "Soyuz" kemasida XKSga uchadi

Yuriy Gagarin nomidagi kosmonavtlarni tayyorlash markazi "Soyuz MS-30" kemasida Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) uchadigan asosiy ekipaj tarkibini tasdiqladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ekipaj tarkibidan NASA astronavti Deniz Bernxem hamda "Roskosmos" kosmonavtlari Dmitriy Petelin va Konstantin Borisov joy oldi. Dmitriy Petelin kema komandiri etib belgilandi, Bernxem va Borisov esa bortinjener vazifasini bajaradi.

Ushbu jamoa Yer orbitasida uzoq muddatli ekspeditsiya doirasida ilmiy tajribalar o'tkazishi va stansiyaga xizmat ko'rsatishi rejalashtirilgan. "Soyuz MS-30" kemasining parvozi 2027-yilning mart oyiga mo'ljallangan.

Shuningdek, Bernxem, Petelin va Borisov 2026 yil 14-iyulda uchirilishi kutilayotgan "Soyuz MS-29" kemasining o'rinbosar ekipaji tarkibiga ham kiritilgan. Hozirgi vaqtda XKS orbitasida "Roskosmos", NASA va Yevropa kosmik agentligi vakillari o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?