date

PSJ Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha gaplashmoqda

PSJ Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha gaplashmoqda

PSJ bosh murabbiy Luis Enrike bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish masalasini kun tartibiga chiqardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Le Parisien jurnalisti Benjamen Kuarez xabariga ko'ra, Parij klubi ispaniyalik mutaxassis bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Klub rahbariyati jamoani Enrike bilan birga qurishni istamoqda, chunki u PSJ loyihasining asosiy ustunlaridan biri sifatida ko'rilmoqda. Manbaga ko'ra, murabbiy ham Parijda o'zini yaxshi his qilmoqda va klub ichida Enrikeninng yaqin vaqt ichida ketishi deyarli tasavvur qilib bo'lmas holat deb baholanadi.

Luis Enrike PSJni 2023 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning hozirgi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Enrike qo'l ostida parijliklar uch bor Fransiya Superkubogini, ikki martadan Liga 1 hamda Fransiya Kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek bir martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubokda ham zafar quchdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha gaplashmoqda