date

Kante Al Ittihaddan Al Nasrga o'tishi mumkin

Kante Al Ittihaddan Al Nasrga o'tishi mumkin

«Al-Ittihad» yarim himoyachisi N’Golo Kante Saudiya Arabistonidagi klubini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Nasr»ning yuridik bo'lim sobiq direktori Saad Al Subay ma'lumotiga ko'ra, klub fransuz tayanch yarim himoyachisini tarkibiga qo'shishga qiziqish bildirmoqda. Bitim yanvar oyi oxirigacha yakunlanishi mumkin.

Kante 2023 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida «Al-Ittihad»ga kelib qo'shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida barcha musobaqalarda 25 o'yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 4,5 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kante Al Ittihaddan Al Nasrga o'tishi mumkin