Nvidia DLSS 4.5 yangi sinovda FSR 4.1 raqobatchisini ishonchli ortda qoldirdi

ComputerBase portali o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada DLSS 4.5 texnologiyasi tasvir sifati bo'yicha FSR 4.1 dan o'zib ketdi. Foydalanuvchilar yettita o'yin bo'yicha ko'r-ko'rona testda ishtirok etishdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Natijalarga ko'ra, aksariyat o'yinlarda DLSS 4.5 birinchi o'rinni egalladi. Faqatgina Resident Evil Requiem o'yinida FSR 4.1 g'olib bo'ldi.
Biroq, ovoz berish natijalari yana bir qiziqarli jihatni ochib berdi. Yettita o'yindan beshtasida farqni ko'rmayapman degan javob eng ko'p ovoz to'pladi yoki DLSS 4.5 natijasiga tenglashdi.
Bu shuni anglatadiki, ko'pchilik geymerlar zamonaviy apskeylerlar o'rtasidagi farqni sezmaydi. Ta'kidlash joizki, DLSS 4.5 barcha GeForce RTX videokartalarida ishlaydi, FSR 4.1 esa faqat RX 9000 seriyasida qo'llab-quvvatlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!