Roblox vizual yaratuvchi Roblox Reality texnologiyasini taqdim etdi

Roblox kompaniyasi o'zining mashhur o'yin platformasi uchun yangi "Roblox Reality" texnologiyasini taqdim etdi. Ushbu loyiha DLSS 5 g'oyasidan ilhomlanib, bulutli platforma va o'yin dvigatelining imkoniyatlarini fotorеalistika bilan birlashtiradi. O'yin olamining asosiy holati serverda saqlanadi, bu esa mijozlar o'rtasida barqarorlikni ta'minlaydi. Texnologiyaning dastlabki versiyasi yil oxirida yoki kelasi yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda.
Roblox kompaniyasi o'zining mashhur o'yin platformasi uchun DLSS 5 g'oyasidan ilhomlangan yangi texnologiya ustida ishlamoqda. Kompaniya Roblox Reality deb nomlangan ichki loyihasini e'lon qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu gibrid arxitektura bulutli platforma va o'yin dvigateli imkoniyatlarini fotorealistik modellar bilan birlashtiradi. O'yin olamining asosiy holati serverda saqlanadi va bu mijozlar o'rtasida barqarorlikni ta'minlaydi.
Yangi tizimda asosiy o'yin dvigateli fizika, qahramonlar va mantiq kabi tayanch vazifalarni bajaradi. Sun'iy intellekt esa tekstura, yoritish va effektlar kabi vizual qismlarni yaratadi.
Hozircha bu texnologiya katta hisoblash quvvatini talab qilgani uchun real vaqt rejimida ishlamaydi. Barcha yuklama geymerlar kompyuteriga emas, balki Roblox serverlariga tushadi.
Texnologiyaning dastlabki versiyasi yil oxiri yoki kelasi yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda.
[media=https://cdn.embedly.com/widgets/media.html?src=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fembed%2FA60n4O5k8XI%3Fstart%3D1%26feature%3Doembed%26start%3D1&display_name=YouTube&url=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fwatch%3Fv%3DA60n4O5k8XI&image=https%3A%2F%2Fi.ytimg.com%2Fvi%2FA60n4O5k8XI%2Fhqdefault.jpg&type=text%2Fhtml&schema=youtube]






























Izohlar 0
…