Opasini zoʻrlab oʻldirganlikda gumonlangan oʻsmir hibsga olindi

Joriy yilning 27 aprel kuni AQShda “Carnival Cruise” kemasida 16 yoshli oʻsmir 18 yoshli oʻgay opasini zoʻrlab oʻldirganlikda gumon qilinib, qoʻlga olindi. Bu haqda ABC News axborot tarqatdi.
Maʼlum boʻlishicha, 18 yoshli Anna Kepner 2025 yil noyabr oyida oila aʼzolari, jumladan Xadson bilan “Carnival Horizon” kemasida sayohat qilgan. Kema Floridaga qaytishi rejalashtirilganidan soʻng uning jasadi Xadson va yana bir oʻsmir bilan birga yashagan xonadagi karavot ostida aniqlangan.
Xabarlarga koʻra, Anna Kepnerning oʻlimi mexanik asfiksiya, yaʼni tashqi jism yoki kuch taʼsirida nafas yoʻllarining toʻsilishi natijasida sodir boʻlgani maʼlum qilingan. Kepnerning otasi Kristofer Kepner bu borada bayonot berib, oila haqiqatni adolatli va ochiq tarzda aniqlash uchun sud-huquq tizimiga ishonayotganini bildirgan.
Bet Blum — AQSH okrug sudyasi tomonidan 27 aprel kuni chiqarilgan qarorga koʻra, Timoti Xadsonga nisbatan (birinchi darajali qotillik hamda ogʻirlashtiruvchi jinsiy zoʻravonlik ayblovlari bilan) sud jarayoni 1 iyun kuni Mayami shahrida boshlanishi belgilangan.
Qayd etilishicha, 16 yoshli oʻsmir dastlab voyaga yetmagan sifatida ayblangan. Gumonlanuvchi oʻtgan haftada aybsiz ekanini yozma shaklda maʼlum qilgan. Shuningdek, voyaga yetmaganlarning federal sudda jinoiy javobgarlikka tortilishi juda kam uchrashi taʼkidlangan.
Maʼlumot uchun, Anna Kepner Taytusvill shahridagi Temple Christian School taʼlim muassasasida oʻqigan. U oʻrta maktabda “chirlider”, yaʼni qoʻllab-quvvatlovchi guruh aʼzosi boʻlgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!