Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi holatidan norozi

Fransuz himoyachisi Teo Ernandes «Milan»dan Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi, biroq yangi jamoasida kutilgan darajada taassurot qoldira olmayapti. Shu sabab «Al-Hilol» muxlislari futbolchining o‘yinidan noroziligini ochiq bildiradigan darajaga yetdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yaqinda Teo klub navbatdagi mag‘lubiyatidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislardan uzr so‘rab chiqdi. Biroq javob o‘rniga u izohlarda o‘z manziliga keskin tanqidlarni eshitdi.
Kommentariyalarda muxlislar uning doimiy uzrlaridan charchagani, vazni ortib, avvalgidek yugurmay qo‘ygani, umuman olganda maydonda bor-yo‘g‘i «raqam uchun» o‘ynayotgani haqida yozishdi. Ularning fikricha, bunday sustlik Saudiya chempionatida ham yaqqol ko‘rinib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing