Kivu Dortmunddagi o'yinda Inter imkoniyatlarini baholadi

Milaning “Inter” klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Yevropa Chempionlar ligasida Dortmundning “Borussiya”siga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bellashuv chorshanba kuni “shmel”lar maydonida o'tadi. Uchrashuvning boshlanishi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) etib belgilangan.
Kivuning aytishicha, bu stadionda o'ynash har doim murakkab: tribunadagi muhit “Borussiya”ga qo'shimcha kuch beradi. Murabbiy Kovach qo'l ostida dortmundliklar yanada hukmron futbol ko'rsatmoqda, qarshi hujumlarda xavfli, hujum chizig'ida yaxshi harakatlanadi. “Bizga oson bo'lmaydi. Ularda ham, boshqa jamoalar kabi, kamchiliklar bor, ammo ular bu ustida ishlashyapti”, dedi Kivu matbuot anjumanida.
Turnir jadvalida “Inter” 12 ochko bilan 14-o'rinda, “Borussiya” esa 11 ochko to'plab 16-pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!