SpaceX 29 ta Starlink sun'iy yo'ldoshini koinotga uchirdi

SpaceX kompaniyasi 29 ta Starlink sun'iy yo'ldoshini Er orbitasiga olib chiqdi. Parvoz Florida shtatidagi Kanaveral burunidan Falcon 9 raketasi yordamida amalga oshirildi va muvaffaqiyatli o'tdi. Raketaning birinchi pog'onasi Atlantika okeanidagi ASOG platformasiga qaytib qo'ndi. Bu missiya Starlink-10.38 deb nomlandi va B1069 raketasi o'zining 31-parvozini amalga oshirdi.
"SpaceX" kompaniyasi Florida shtatidagi Kanaveral burnidan "Falcon 9" raketasining navbatdagi parvozini amalga oshirdi. "Starlink-10.38" missiyasi doirasida Yer orbitasiga 29 ta "Starlink" sun'iy yo'ldoshi olib chiqildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Parvoz muvaffaqiyatli o'tdi va barcha kosmik apparatlar belgilangan orbitaga yetkazildi. Ushbu missiyada o'zining 31-parvozini amalga oshirgan "B1069" birinchi pog'onasidan foydalanildi.
Ajralishdan so'ng raketa pog'onasi Atlantika okeanidagi "ASOG" dengiz platformasiga muvaffaqiyatli qaytib qo'ndi. Ma'lumot uchun, "SpaceX" ikki kun oldin 1,5 yillik tanaffusdan so'ng "Falcon Heavy" o'ta og'ir raketasini ham uchirgan edi.































Izohlar 0
…