Mark Sukerberg Meta kelajakda yana xodimlarni qisqartirishini istisno qilmadi

1 daqiqa o'qish251
Mark Sukerberg Meta kelajakda yana xodimlarni qisqartirishini istisno qilmadi

Meta kompaniyasi bosh direktori Mark Sukerberg rejalashtirilgan qisqartirishlarni sun'iy intellektga kiritilayotgan sarmoyalar bilan izohladi. U kelgusida yana ishdan bo'shatishlar bo'lishi mumkinligini inkor etmadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

«Kompaniyada ikkita asosiy xarajat markazi bor: hisoblash infratuzilmasi va xodimlar. Agar biz bir yo'nalishga ko'proq mablag' kiritsak, boshqa yo'nalishlar uchun sarmoya kamayadi», — dedi Sukerberg.

Uning so'zlariga ko'ra, xodimlarni qisqartirish Meta jamoalarining sun'iy intellektga yo'naltirilgan yangi tuzilmasi bilan bog'liq emas. Barcha xodimlarni sun'iy intellekt vositalaridan foydalanishga jalb qilish ishdan bo'shatishlarga olib kelmaydi.

Meta kompaniyasi 20 may kuni xodimlarining qariyb 10 foizini ishdan bo'shatishni niyat qilgan. Yilning ikkinchi yarmida qo'shimcha qisqartirishlar rejalashtirilgan.

«Kelgusi uch yil ichida voqealar qanday rivojlanishini oldindan ko'rish imkonini beruvchi sehrli sharim borligini aytishni xohlardim. Ammo u menda yo'q», — deya ta'kidladi kompaniya rahbari.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?