Ter Shtegen Jironada muxlislar ko'nglidan joy oldi

Nemis darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"ni tark etib, "Jirona"ga ko'chib o'tdi. Kataloniyadagi yangi jamoasi uni iliq kutib oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub bosh murabbiyi Michel esa tanlov aynan uning tashabbusi bo'lganini aytdi: "Men uni o'zim tanladim, u hanuz top darvozabonlar qatorida", — deya izoh berdi u.
Murabbiy ter Shtegenning debyutini yuqori baholab, uning oyoqda o'ynashi va maydonni ko'ra bilishi jamoaga katta foyda berayotganini ta'kidladi. "Men uni faqat darvozabon sifatida emas, balki maydondagi o'yinchi sifatida ham taklif qilgandim", — dedi Michel.
Hozirda "Jirona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda. La Liganing keyingi turida jamoa yanvar oyining so'nggi kunida "Ovyedo"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!