Yurgen Klopp yoshlar uchun yangi U21 ligasini yoʻlga qoʻymoqchi

“Borussiya” Dortmund va “Liverpul”dagi faoliyati bilan tanilgan nemis mutaxassisi Yurgen Klopp yangi futbol turnirini tashkil etish gʻoyasini ilgari surdi. Bu haqda Bild nashri jurnalistlari xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Klopp 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar uchun alohida liga ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu musobaqa iqtidorli yoshlar Bundesligada maydonga tushishdan avval tajriba to‘plashi uchun platforma bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Klopp loyiha tafsilotlarini allaqachon boshqa futbol amaldorlari bilan muhokama qilmoqda.
Hozirda Yurgen Klopp “Red Bull” tizimida futbol yo‘nalishi rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq Yevropa matbuotida germaniyalik mutaxassis Madridning “Real” klubida bosh murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!