date

2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tishi mumkin

2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tishi mumkin

2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tkazilishi mumkin. BBC xabariga ko‘ra, bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan ma’lum qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Turnirni Ispaniya, Portugaliya va Marokko birgalikda qabul qiladi. Musobaqaning dastlabki uch o‘yini esa mundialning 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvayda bo‘lib o‘tadi.

Lusanning aytishicha, Ispaniya yillar davomida yirik musobaqalarni yuqori saviyada tashkil eta olishini isbotlagan va 2030 yilgi mundialda asosiy yetakchi rolni bajaradi. U final aynan Ispaniyada o‘tishini ta’kidlagan, biroq qaysi stadion tanlangani haqida aniq ma’lumot bermagan.

Avvalroq Marokko tomoni finalni Kasablankadagi «Grand Stad Xassan II» stadionida o‘tkazishni istayotganini bildirgan edi. Qurilishi 2028 yilga qadar yakunlanishi kutilayotgan arena 115 ming tomoshabinni sig‘dira olishi aytilmoqda. FIFA esa hozircha hal qiluvchi uchrashuv qayerda o‘tishi bo‘yicha izoh bermagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tishi mumkin