Real Arbeloa masalasida qat’iy qaror qabul qildi

Alvaro Arbeloa bir necha hafta avval “Real” bosh murabbiyligida Xabi Alonso o‘rnini egallagandi. Manbalarga ko‘ra, yozda madridliklar yanada nomdor mutaxassisni olib kelishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar bor, biroq bu rejalar albatta amalga oshishi shart emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, “Real” Arbeloa bilan tuzilgan kelishuv muddatini amalda cheklanmagan, ya’ni “muddatsiz” ko‘rinishda belgilagan. Klub bu qaror haqida murabbiyga allaqachon ma’lum qilgan. Endi Alvaroning kelajagi jamoaning natijalariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Qayd etilishicha, hozircha “Real” rahbariyati Arbeloaning futbolchilar bilan kiyinish xonasidagi muhitni yo‘lga qo‘ygani va jamoa ichidagi aloqalarni mustahkamlaganidan mamnun. Klub rahbarlari buni maydondagi o‘yin sifatiga ham bevosita ta’sir qilayotgan omil deb hisoblamoqda.
Chorshanba kuni “Real” Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!