date

2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tishi mumkin

2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tishi mumkin

2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati final uchrashuvi Ispaniyada o‘tkazilishi mumkin. BBC xabariga ko‘ra, bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan ma’lum qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mundialni Ispaniya, Portugaliya va Marokash birgalikda qabul qiladi. Musobaqaning dastlabki uchta uchrashuvi esa turnirning 100 yilligiga bag‘ishlab Urugvay, Argentina va Paragvayda bo‘lib o‘tadi.

Lusan Ispaniya yillar davomida yirik sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etib kelayotganini ta’kidlab, 2030 yilgi mundialda ham asosiy mezbon sifatida yetakchi rolni bajarishini aytgan. U final qaysi stadionda o‘tkazilishini hozircha ochiqlamadi.

Avvalroq Marokash vakillari finalni Kasablankadagi “Grand Stad Hassan II” arenasida o‘tkazishni istashlarini bildirgan edi. Qurilishi 2028 yilga borib yakunlanishi rejalashtirilayotgan ushbu stadion 115 ming tomoshabinni sig‘dirishi kutilmoqda. FIFA hozircha hal qiluvchi o‘yin qayerda bo‘lishi bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 2030 yilgi Jahon chempionati finali Ispaniyada o‘tishi mumkin