date

N'Golo Kante Al-Ittihaddan Al-Nasrga o‘tishi mumkin

N'Golo Kante Al-Ittihaddan Al-Nasrga o‘tishi mumkin

«Al-Ittihad» yarim himoyachisi N’Golo Kante Saudiya Arabistonidagi boshqa klubga ko‘chib o‘tishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Nasr»ning sobiq yuridik bo‘limi direktori Saad Al Subayning ma’lumotiga ko‘ra, jamoa fransuz tayanch yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bitim yanvar oyi yakuniga qadar rasmiylashishi mumkin.

Kante 2023 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida «Al-Ittihad»ga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransuz futbolchisi barcha musobaqalarda 25 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali yarim himoyachining qiymatini 4,5 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » N'Golo Kante Al-Ittihaddan Al-Nasrga o‘tishi mumkin