Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana ochkosiz qoldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida navbatdagi mag'lubiyatni qabul qildi. Xitoy klubi safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi: mezbonlar himoyachisi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani aniq ijro etdi. Shu tariqa «Shanxay Shenxua» mazkur turnirdagi ketma-ket uchinchi o'yinda yutqazdi.
Olti turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing