PSJ sobiq darvozaboni Buffonni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Parijning «PSJ» klubi o‘zining sobiq futbolchisi Janluiji Buffonni tug‘ilgan kuni bilan qutladi. Chorshanba kuni italiyalik darvozabon 48 yoshga to‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«48 yoshingiz bilan, Janluiji Buffon!» — deya klub ijtimoiy tarmoqlarda tabrik yo‘lladi.
Buffon «PSJ» safida bir mavsum — 2018/2019 yilgi mavsumda o‘ynagan. Bu vaqt oralig‘ida u 25 uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol o‘tkazib yuborgan. Parij jamoasi bilan Buffon Fransiya chempionati va Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Liga 1dagi mavsumdan so‘ng u «Yuventus»ga qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, 2006 yilda Buffon Italiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan. Finalda «skuadra adzurra» Fransiyani 1:1 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida mag‘lub etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!