N’Golo Kante Al-Ittihaddan Al-Nasrga o‘tishi mumkin

«Al-Ittihad» yarim himoyachisi N’Golo Kante Saudiya Arabistonida klubini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Nasr»ning yuridik bo‘limi sobiq direktori Saad Al Subayi ma’lumotiga ko‘ra, jamoa fransuz tayanch yarim himoyachisini tarkibga qo‘shishga qiziqish bildirmoqda. Kelishuv yanvar oyi oxirigacha yakunlanishi mumkin.
Kante 2023 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida «Al-Ittihad»ga kelgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransuz futbolchi barcha musobaqalarda 25 o‘yin o‘tkazib, 2 gol urdi va 1 assist qayd etdi. Transfermarkt portali yarim himoyachini 4,5 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing