Edinson Kavani futbolchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

PSJ, “Manchester Yunayted” va Urugvay milliy jamoasining sobiq hujumchisi Edinson Kavani professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 38 yoshli to‘purar bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Men mamnun holda ketayapman. Har bir mashg‘ulotda ham, har bir uchrashuvda ham bor kuchimni berdim. Futbol menga juda ko‘p narsa berdi. Faoliyatimda xatolar ham bo‘ldi, to‘g‘ri qarorlar ham,” — deya yozdi Kavani.
U professional karyerasi davomida jami 745 ta o‘yinda maydonga tushib, 404 ta gol urdi va 79 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing