date

Rafinya Anchelottining ishlash uslubidan hayratda qoldi

Rafinya Anchelottining ishlash uslubidan hayratda qoldi

Braziliya terma jamoasi qanot hujumchisi Rafinya bosh murabbiy Karlo Anchelottining milliy jamoaga ta’siri haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, italiyalik mutaxassis uni ishlash uslubi bilan juda hayratga solgan: u o‘yinchilarga juda yaqin bo‘ladi va bu jamoa ichidagi muhitga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Rafinya Sofascore’ga bergan intervyusida Anchelotti kelganidan keyin terma jamoa yana o‘zaro aloqalarni tiklay boshlaganini ta’kidladi.

Yozda Anchelotti boshqaruvidagi Braziliya terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida “selesao” Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi o‘ynaydi. Ushbu kvartetda braziliyaliklar aniq favorit sifatida ko‘rilmoqda.

Avvalgi mundialda Braziliya terma jamoasi chorak final bosqichidayoq musobaqani tark etgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rafinya Anchelottining ishlash uslubidan hayratda qoldi