BMW Boeing 737 samolyotini 28 o'rinli lyuks laynerga aylantirdi

BMW "Luftahnsa Technik" bilan hamkorlikda "The BOW" nomli yangi samolyot interyer konsepsiyasini taqdim etdi. Ushbu loyiha, qulaylik va maxfiylikni qadrlaydigan yo'lovchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, odatiy 185-220 o'rin o'rniga atigi 28 yo'lovchini joylashtirishni taklif etadi. Samolyot ichida bar, katta dam olish zonasi va 14 ta alohida studiya mavjud bo'lib, bu format korporativ sayohatlar va sport jamoalari uchun juda mos keladi.
"BMW Designworks" bo'linmasi "Lufthansa Technik" bilan hamkorlikda samolyot interyerining "The BOW" nomli yangi konsepsiyasini taqdim etdi. Loyiha qulaylik va maxfiylikni qadrlaydigan yo'lovchilar guruhiga mo'ljallangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Konsepsiya "Airbus A321" yoki "Boeing 737" kabi odatiy tor fyuzelyajli laynerlardan foydalanishni nazarda tutadi. Samolyot ichida odatiy 185-220 o'rin o'rniga atigi 28 nafar yo'lovchini joylashtirish taklif qilinmoqda.

Buning hisobiga havo kemasi lyuks toifasidagi uchuvchi makonga aylanadi. Uning old qismida bar, katta dam olish zonasi va 14 ta alohida studiya joylashgan.
"BMW" va "Lufthansa Technik" g'oyasiga ko'ra, bunday format korporativ sayohatlar, sport jamoalari va musiqiy turnelar uchun juda mos keladi. Interyer dizayni "BMW"ning o'ziga xos uslubida yaratilgan bo'lib, iqlim va yoritishni boshqarish texnologiyalari yuzalarga yashiringan.































Izohlar 0
…