date

Shakiraning konsertida Pikega qarshi shiorlar yangradi

Shakiraning konsertida Pikega qarshi shiorlar yangradi

Shakiraning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan bepul konserti katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Tadbir davomida yig‘ilgan millionlab muxlislar sobiq futbolchi Jerar Pikega qarshi haqoratli shiorlar aytgan.

“Dzen” nashrining xabar berishicha, konsertga taxminan ikki millionga yaqin odam to‘plangan. Shakira sahnada chiqish qilayotgan vaqtda u shaxsiy hayotiga oid kinoyali murojaat bilan ham chiqish qilgan.

U o‘z nutqida Braziliyada ko‘plab yolg‘iz onalar borligini va ularning oilasi uchun tinimsiz mehnat qilishini ta’kidlagan. San’atkor o‘zini ham shunday ayollardan biri sifatida tilga olgan.

Shundan so‘ng, tomoshabinlar orasida kayfiyat keskin o‘zgarib, Pike nomiga nisbatan turli norozilik va haqoratli chaqiriqlar yangray boshlagan.

Ma’lumot uchun, Shakira va Pike o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar 2010 yilda boshlangan. 2012 yilda er-xotinning birinchi farzandi Milan, yana ikki yildan so‘ng esa ikkinchi o‘g‘li Sasha dunyoga keldi. Biroq, 2022 yilda xonanda futbolchini xiyonatda ayblab, u bilan munosabatlarni uzgan. Ajralganidan olti oy o‘tgach, u sobiq sevgilisi va uning yangi sevgilisini tanqid qilgan kompozitsiyani chiqardi. Hozirda Shakira bolalari bilan Mayamida yashaydi.

"Barselona" klubi himoyachisi Jerar Pike professional faoliyatini "Manchester Yunayted"da boshlagan. U, shuningdek, "Real Saragosa"ga ijaraga berilgan va 2008 yilda yana Kataloniya klubiga qaytgan va u yerda 2022 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagunga qadar qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shakiraning konsertida Pikega qarshi shiorlar yangradi