date

"Man Siti" Foden bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara boshladi

"Man Siti" Foden bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara boshladi

"Man Siti" klubi yarim himoyachi Fil Foden bilan yangi shartnoma imzolash bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshladi. Angliyalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Joriy mavsumda Foden bosh murabbiy Gvardiola qo'l ostida kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Shunga qaramay, klub rahbariyati uning kelajagini jamoa bilan bog'lashni maqsad qilgan.


Gvardiola futbolchining sport formasi pasayganini e'tirof etdi. Murabbiyning ta'kidlashicha, Foden jamoa ichidagi raqobatga bardosh berishi va o'zining eng yaxshi holatiga qaytishi lozim.

Yevropaning "Barselona" va "Bavariya" kabi yirik klublari Fodenga qiziqish bildirgan edi. Biroq "Man Siti" o'z akademiyasi tarbiyalanuvchisini boshqa jamoaga qo'yib yuborish niyatida emas.

Yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar kelgusi oylarda ham davom etishi kutilmoqda. Foden tez orada "Everton"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibga qaytishga umid qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Man Siti" Foden bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara boshladi