date

Kris Uodl "Nyukasl" klubi Mourinyo uslubiga mos kelmasligini ta'kidladi

Kris Uodl "Nyukasl" klubi Mourinyo uslubiga mos kelmasligini ta'kidladi

Joze Mourinyoning "Nyukasl"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar davom etmoqda. Eddi Xauning kelajagi so'roq ostida qolgan bir paytda, sobiq futbolchi Kris Uoddl klubni sovrinlar yoki ko'ngilochar futbol tanlovi oldida turganini ta'kidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mourinyo o'zining boy faoliyati davomida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. Biroq, sobiq "Chelsi" va "Real Madrid" ustozi ba'zida zerikarli futbol namoyish etishda ayblanadi.

Uning matbuot anjumanlaridagi va maydon chetidagi xatti-harakatlari esa doim e'tibor markazida bo'lib kelgan.

63 yoshli portugaliyalik mutaxassis uchun faqat g'alaba muhim. U natijaga erishish yo'lida qanday usullardan foydalanishiga unchalik e'tibor bermaydi.

"Nyukasl" esa yaqinda 70 yillik tanaffusdan so'ng ilk ichki sovrinini qo'lga kiritdi va Chempionlar ligasida ishtirok etdi.

Joriy mavsumda jamoaning Premer-liga turnir jadvalining pastki qismiga tushib ketishi Eddi Xauga bosimni oshirdi. Shu sababli, Mourinyoning Angliyaga qaytishi haqida gap-so'zlar ko'paydi.

Uoddlning fikricha, Mourinyo ajoyib murabbiy bo'lsa-da, uning uslubi "Nyukasl" muxlislariga yoqmasligi mumkin.

"Agar u ligada kuchli to'rtlikka kirsa va kuboklarda qolsa, odamlar chidaydi. Lekin natija bo'lmasa, ular futbol uslubidan norozi bo'lishadi", — dedi Uoddl.

U shuningdek, Eddi Xauga yangi o'yinchilar sotib olish uchun mablag' ajratilishi kerakligini qo'shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kris Uodl "Nyukasl" klubi Mourinyo uslubiga mos kelmasligini ta'kidladi