"AvtoVAZ" "Lada Azimut" ishlab chiqarish uchun zavodni modernizatsiya qilmoqda

1 daqiqa o'qish236
"AvtoVAZ" "Lada Azimut" ishlab chiqarish uchun zavodni modernizatsiya qilmoqda

"AvtoVAZ" korxonasi may oyidagi ta'tildan foydalanib, yangi "Lada Azimut" modelini ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Modernizatsiya ishlari boshlangan bo'lib, yaqin haftalarda yakunlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Zavod xodimlari 1-13 may kunlari ta'tilda bo'ladi. 14-15 may kunlari esa modernizatsiyaga jalb etilmagan xodimlar maoshi saqlangan holda vaqtinchalik ishlamaydi.

Shundan so'ng korxona bosqichma-bosqich ish faoliyatiga qaytadi.

Tolyattidagi ishlab chiqarishni yangilash uchun 500 million rubldan ortiq mablag' yo'naltiriladi. Asosiy e'tibor "Lada Azimut" uchun yangi uskunalarni o'rnatish va "Lada Niva" yig'ish liniyasini modernizatsiya qilishga qaratilgan.

Dvigatel ishlab chiqarish ham yangilanmoqda. 1,6 va 1,8 litrli dvigatellarni tayyorlash uchun yangi markazlar ishga tushiriladi.

Barcha ishlarni 2026 yil 18-maygacha yakunlash rejalashtirilgan.

"Lada Azimut" krossoverining seriyali ishlab chiqarilishi sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Sotuvlar esa 2026-yilning to'rtinchi choragida start oladi.

Avtomobil narxi 2,2 milliondan 2,5 million rublgacha bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?